O'zbekiston milliy universiteti haqida

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va etakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. Universitet bir asrlik faoliyati davomida 100 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, xalq xo`jaligining barcha sohalarini etuk kadrlar bilan taminlashda katta xizmat qildi va ilm-fanning turli sohalarida jahon e`tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishdi.

Ulkan fan olamida ilmiy maktab yaratish o`ta noyob va sharafli ishdir. Bu borada Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug`bek kabi daholar asos solgan ananalar O`zMU olimlari tomonidan munosib davom ettirildi. Mazkur ilm maskanida faoliyat korsatayotgan 50 ga yaqin ana shunday ilmiy maktablar jahon ilm ahlining yuksak etirofiga sazovor boldi. Akademiklar Habib Abdullaev, Obid Sodiqov, Sadi Sirojiddinov, Toshmuxammad Sarimsoqov, Jo`ra Musaev, Maxmud Saloxiddinov, Shavkat Alimov, Azimboy Sadullaevlar asos solgan ilmiy maktablar shular jumlasidandir.

Universitet atoqli olimlaridan 23 nafari O`zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidenti etib saylanganlar. Jami 107 nafar olim akademik darajasiga erishgan. Olima ayollardan 150 ga yaqini fan doktori ilmiy darajasi va professor unvonini olganlar. Bu maskanda ta`lim olgan ko`plab bitiruvchilar xorijiy oliy tal`im muassasalarida muvaffaqiyatli faoliyat kor`satib kelmoqda. Bunga yorqin misol Isroildagi Xolon texnologiya instituti prezidenti Eduard Yakubov, AQSh Sog`liqni saqlash vazirligi masul xodimi doktor Amir Maxmudov, Kaliforniya davlat universiteti professsori Zoir Ibragimovlardir.

Ushbu dorulfununda tahsil olgan ziyolilardan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Said Axmad, Ozod Sharafiddinov,Turgun Azlarov, Suyuma G`anieva O`zbekiston Qahramoni oliy unvoniga, yuzlab professor-o`qituvchilar O`zbekiston Respublikasi Fan arbobi unvoniga, Buyuk xizmatlari uchun ordeni va boshqa mukofotlarga sazovor bo`lganlar. Shu kunga qadar O`zMU talabalaridan 30 nafardan ortigi Prezident stipendianti, 25 nafari Mirzo Ulug`bek nomidagi va 30 nafardan ziyodi Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sohibi bolgan. O`nlab iqtidorli talabalar xalqaro fan olimpiadalari, sport musobaqalari goliblari sifatida dunyoga mashhur bo`ldi.

Bugungi kunda Milliy universitetda 29 nafar akademik, 150 dan ortiq fan doktori va professorlar, 400 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat ko`rsatmoqda, 200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Ulkan ilmiy salohiyatga ega bolgan O`zMU respublikada tayanch oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. Unda barcha universitetlar uchun Davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlari tayyorlanib, talim jarayoniga tatbiq etilmoqda.

Nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog`lash uchun O`zMUning 3 ta dala-amaliyot maydoni, 32 ta oquv-ilmiy laboratoriyasi, 3 ta oquv-ilmiy-tajriba markazi, 1 ta OTMlararo ilmiy laboratoriyasi va 2 ta noyob obektning moddiy-texnik bazasi takomillashtirilmoqda . Shu bilan bir qatorda, talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, grant tanlovlari va loyihalarida ishtirok etish, boshqa oliy ta`lim va ilmiy - tadqiqot muassasalari uchun maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda.

O`zMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy talim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Seul Milliy universiteti, Kaliforniya davlat universiteti shular jumsidandir.


Video


Greeting from Levente Kovács, Rector of Obuda University, Hungary


Greetings from Megumi Shimura, Vice President of International Relations, Kanazawa University, Japan


Greeting from Nikolay Rogalyov, Rector of 'Moscow Institute of Energy'


Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo'ja tabrigi


O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mehriddin Rahmatov tabrigi